Реклама
» » Munisa Rizayeva: “Menga bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan turmush o‘rtoq kerak”

Munisa Rizayeva: “Menga bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan turmush o‘rtoq kerak”

Munisa Rizayeva Jasur G‘oyipov bilan bog‘liq to‘y mashmashalari haqida to‘xtalar ekan, uning to‘yiga bormaganining sababini ma’lum qildi, deb xabar beradi "Darakchi” gazetasi
 
 

"Jasur bilan to‘yimiz hech qanday piar bo‘lmagan. Men uni juda hurmat qilaman, u haqiqatan ham yaxshi yigit, — deya o‘z fikrini boshladi xonanda. — To‘yida ishtirok etmaganimga kelsak, shuncha shov-shuvlardan keyin uning to‘yiga borishim ham uncha to‘g‘ri bo‘lmasdi”.

Munisa o‘zining qachon turmushga chiqishi bilan bog‘liq savolga ham javob berdi: "Nasib qilsa, albatta, turmushga chiqaman va bundan muxlislarim ham, siz ham bexabar qolmaysiz”, — dedi iste’dod egasi.

"Men turmush, oila masalasiga juda jiddiy qarayman. Bir marta va bir umrga turmushga chiqaman. Yuragim jiz etishi, chindan ham sevib qolishim kerak, deb aravani quruq olib qochadiganlardan emasman. Avvalo, meni va men sevgan insonning dunyoqarashi, o‘ziga ishonchi, sabr-toqati, aql-zakovati menikidan kuchli bo‘lishi lozim.

Menga bir qarashning o‘zidayoq gapini o‘tkaza oladigan, oilada haqiqiy bosh bo‘ladigan turmush o‘rtoq kerak, — deb qo‘shimcha qildi ijodkor. — Garchand san’at hayotimning mazmuni, bir bo‘lagi bo‘lsa ham o‘ylab o‘tirmay oilam, farzandlarim uchun san’atimdan kechgan bo‘lardim”.


30-01-2015, 20:37
Автор: SilveR
Просмотров: 16 896
Рейтинг:
Нашли ошибку?   


Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь. Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо зайти на сайт под своим именем.
Комментарии 5



[an error occurred while processing the directive]